Islom Karimovga suiqasdni amalga oshirgan shaxs qo‘lga olindi

3-sahifa

image
21 yil avvalgi “qora kun”: 16 fevral voqealari aslida qanday bo‘lgandi? north_east

21 yil avvalgi “qora kun”: 16 fevral voqealari aslida qanday bo‘lgandi?

Toshkentdagi 16 fevral portlashlarida ishtirok etgan 55 yoshli shaxs ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi. 

“O‘zbekiston hududida terroristik jinoyatlarni sodir etganligi uchun 23 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan U.S. xorijda ushlanib, O‘zbekistonga olib kelindi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, 1967 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan U.S. 1998 yilda Chechenistonda jangovar tayyorgarlikdan o‘tib, 1999 yilning 16 fevral kuni Toshkent shahrida amalga oshirilgan qo‘poruvchilik harakatlarida ishtirok etgan va o‘sha yilning mart oyida aylanma yo‘llar orqali xorijga chiqib ketgan.

Shuningdek, U.S. iordaniyalik Amir Xattob tomonidan Chechenistonda tashkil etilgan jangarilarni tayyorlash lagerlariga “Turkiston islom harakati” xalqaro terroristik tashkilotining O‘zbekistondan bo‘lgan a’zolarini jo‘natish bilan ham shug‘ullangan.

U.S. 2001 yilning noyabr oyida boshqa shaxsning nomiga rasmiylashtirilgan soxta hujjatlar asosida MDHga a’zo davlatlardan birining fuqaroligini olib, o‘sha mamlakat hududida yashirinib yurgan.

Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston DXXning chet el maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda olib borgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida U.S. hibsga olingan. Hozirda unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, 1999 yilning 16 fevral kuni Toshkentda bir qancha qo‘poruvchilik harakati ro‘y bergandi. Toshkent osmonini qora tutun qoplagan o‘sha mudhish kundagi terrorchilik harakatlari faqatgina mamlakatning konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi harakat emas, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovga suiqasd ham edi.

Shu kuni poytaxt Toshkentning turli hududlarida, jumladan Mustaqillik maydoni, Ichki ishlar vazirligi va Milliy bank binolari yonida 6 ta kuchli portlashlar yuz bergan. Ularda 16 nafar kishi qurbon bo‘lgan, 100 dan ortiq odam jarohatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

4639

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing