16 hokimning lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqiladi

Jamiyat

image

Shavkat Mirziyoyev uy-joy, qurilish, kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilishda 16 tuman hokimlarining lavozimga loyiqligini ko‘rib chiqishni topshirdi.

Majlisda o‘tgan yili hududlarda 2 mingta ko‘p qavatli uy-joy qurib, aholiga topshirish bo‘yicha olingan reja to‘liq bajarilmay qolgani, ya’ni 124 ta uy-joy qurilishi yakunlanmagani, qurilgan uylardan 450 tasi haligacha foydalanishga topshirilmagani qayd etildi.

Bosh vazir Abdulla Aripovga ushbu Nukus, Qorovulbozor, Navbahor, Kosonsoy, Nurobod, Oltinsoy, Muzrabot, Qiziriq, Bandixon, Oqoltin, Sayxunobod, Mirzaobod, Xovos, Piskent, Qo‘shtepa, Bog‘dod tumanlari hokimlarining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirildi.

Ushbu 16 ta tumanda uy-joyga talab yuqori bo‘lsa-da 2023 yilda birorta ko‘p qavatli uy-joy qurilmagan, tuman hokimlari reja ham qilmagani tanqid qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 16 yanvar kungi yig‘ilishda ham Baliqchi, Jalaquduq, Bektemir, Mirobod, Olmazor, Chilonzor, Yunusobod, Yakkasaroy tumanlari hokimlarining lavozimiga loyiqligini hal qilish topshirilgan edi. Shuningdek, Farg‘ona, Jomboy, Ellikqal’a, Parkent, Konimex, Oltinko‘l, Bo‘ston tumanlari va Yangiyo‘l va Zarafshon shahri hokimlari ogohlantirilgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing