15 yoshli qizchani urib, qochib ketgan haydovchiga jinoyat ishi ochildi (video)

3-sahifa

image

Avvalroq, Samarqand viloyatining Samarqand tumanida Gentra haydovchisi yosh qizchani urib, qochib ketgani haqida xabar berilgandi. Haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, piyodani urib yuborgan haydovchi istiqomat qiluvchi Toyloq tumanidagi Qo‘shchinor mahallasida viloyat IIB tomonidan tanqidiy yig‘ilish o‘tkazilgan.

Yig‘ilishda haydovchi bunday holatni qayta takrorlamasligi, qilgan ishidan pushaymon ekanini aytgan.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 1-qismi hamda 117-moddasi (xavf ostida qoldirish) 1-qismi bo‘yicha ish ochildi. Hozirda Samarqand tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, YTH joriy yilning 24 sentyabr kuni soat 19:00 da Samarqand tumani hududidan o‘tuvchi Panjikent ko‘chasida yuz bergan. Qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan haydovchi yuqori tezlikda 15 yoshli piyodani urib yuborgan hamda voqea joyidan qochib ketgan. Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari davomida haydovchi va uning mashinasi ustaxonadan topilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Andijon shahrida Nexia-2 rusumli avtomashina 2015 yilda tug‘ilgan maktab o‘quvchisini uchirib yuborgandi. Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda yengil tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Samarqand IIB Gentra

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing