15 yoshli bola boshqaruvidagi avtomobilda pichoq va boshqa qurollar topildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 23 sentyabr kuni soat 22:15 da Toshkent shahri Shayxontohur tumani IIO FMB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 1-IIBga biriktirilgan hududdagi Gulobod mahallasida joylashgan "Versal" restorani yonida 20-30 kishilik guruh to‘plangan.

Holatni tekshirish maqsadida Toshkent shahar IIBBning bir guruh xodimlari yo‘lga chiqishdi. Voqea joyida to‘plangan odamlardan tashqari ularga yaqin joyda haydovchisi va yo‘lovchilari voyaga yetmagan shaxslar bo‘lgan Nexia-2 rusumli avtomobil qayd etildi.

Avtomobil 15 yoshli Abdulaziz F. boshqaruvida bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ota-onasi bundan bexabar bo‘lishgan. Yo‘lovchi sifatida avtomobilda uning o‘rtoqlari 16 yoshli Mirjavohir M. va Ismoiljon A. bo‘lishgan.

Avtomobil yukxonasining tekshiruvi davomida IIB xodimlari kesuvchi buyumlar, nunchaki, tayoq va elektroshoker topishdi.

Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan tezkor ishlar olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent pichoq o'smir

Baholaganlar

244

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing