125 mln dollar havoga uchadimi? Nur-Sulton dunyo xaritasidan yo‘qolishi mumkin

Olam

image
0:00
0:00
download

Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrini qaytadan Ostona deb nomlash uchun imzo to‘plash boshlandi. Bu haqda KazTAG xabar berdi. 

Qayd etilishicha, tegishli petitsiya Internetda paydo bo‘lgan. Hozirda petitsiyaga 80 ming kishi qo‘l qo‘ygan. Mualliflarning ta’kidlashicha, poytaxt Nur-Sulton nomi odamlar tomonidan salbiy qabul qilinadi, kundalik hayotda aholi avvalgi nomidan foydalanadi.

“2019 yil mart oyida Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan mamlakat poytaxti nomi Nur-Sulton deb o‘zgartirildi. Ushbu qaror ijtimoiy tarmoqlarda va oddiy odamlar hayotida salbiy qabul qilindi, hozircha kundalik hayotda faqat avvalgi nom qo‘llaniladi. Jamoatchilik fikriga ko‘ra, Qozog‘iston Prezidenti, hukumati va parlamentidan mamlakat poytaxtini avvalgi nomiga qaytarishni so‘raymiz”, deyiladi murojaat matnida.

Shuningdek, mualliflar Qozog‘istonning barcha shaharlaridagi cobiq Prezident Nursulton Nazarboyev nomidagi ko‘chalarga “mamlakat davlatchiligi, birligi va mustaqilligini ta’kidlovchi” neytral nomlar berishni taklif qilmoqda.

“Masalan, Olma-otadagi Nazarboyev shoh ko‘chasi “Respublika prospekti” deb nomlanishi mumkin”, deyiladi murojaatnomada.

Aytish joizki, 2019 yilda Qozog‘iston poytaxti nomini Ostonadan Nur-Sultonga o‘zgartirish taxminan 125 million dollarga tushgan.

Ma’lumot uchun, 2019 yilda mamlakatni 28 yil boshqargan Nazarboyev iste’foga chiqqach, o‘sha vaqtdagi Prezident vazifasini bajaruvchi Qosim-Jomart To‘qayev parlamentga poytaxtga Birinchi Prezident nomini berishni taklif qilgandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1116

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing