O‘zbekistonda hafta davomida ob-havo qanday bo‘ladi?
Bu qiziq
−
23 Sentabr 2019
6744Kuzning ilk oyi ham oxirlab birmuncha havo salqinlashib qoldi. Yomg‘irlar mavsumi ham yaqin. Shunday ekan ob-havo ma’lumotlarini bilib qo‘yish foydadan holi bo‘lmaydi. Gidrometeorologiya xizmati markazi 24-27 sentyabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotlarini taqdim etdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24 sentyabrda +8...+13 daraja, 25 sentyabrda +10...+15 daraja, 26-27 sentyabrda +12...+17 daraja, kunduzi 24-25 sentyabrda +22...+27 daraja, 26-27 sentyabrda +25...+30 daraja bo‘ladi.
Xorazm viloyati
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24 sentyabrda +10...+15 daraja, 25-27 sentyabrda 12...+17 daraja, kunduzi 24-25 sentyabrda +22...+27 daraja, 26 sentyabrda +25...+30 daraja, 27 sentyabrda +27...+32 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24 sentyabrda +10...+15 daraja, 25-27 sentyabrda +12...+17 daraja, kunduzi 24 sentyabrda +25...+30 daraja, 25-27 sentyabrda +29...+34 darajagacha ko‘tariladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi 24 sentyabrda +25...+30 daraja, 25-27 sentyabrda +27...+32 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi 24-26 sentyabrda +31...+36 daraja, 27 sentyabrda +33...+38 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +27...+32 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari
Havo o‘zgarib turadi, 24 sentyabrda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 25-27 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi 24 sentyabrda +18...+23 daraja, 25-27 sentyabrda +20...+25 daraja bo‘ladi.