12 davlat “Tolibon”ni qarorini bekor qilishga chaqiryapti
Olam
−
29 dekabr 2022
543812 davlat, jumladan AQSH tashqi ishlar vazirlari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi tashqi xizmati rahbari Afg‘onistonning “Tolibon” harakati tomonidan tuzilgan muvaqqat hukumatini ayollarni nohukumat tashkilotlardagi ishdan chetlashtirish qarorini bekor qilishga chaqirdi.
“Avstraliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Italiya, Kanada, Niderlandiya, Norvegiya, AQSH, Fransiya, Shveysariya, Yaponiya tashqi ishlar vazirlari va Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar xizmati rahbari “Tolibon”ning ayollarning afg‘on va xalqaro nohukumat tashkilotlarida ishlashini taqiqlash haqidagi o‘ylamasdan va xavfli buyrug‘i tirik qolishlari uchun insonparvarlik yordamiga bog‘liq bo‘lgan millionlab afg‘onlarga xavf solayotganidan chuqur xavotirda. Biz “Tolibon”ni bu qarorni zudlik bilan bekor qilishga chaqiramiz”, deydi Davlat departamenti vakili kecha, 28 dekabr kungi qo‘shma bayonotida.
Bayonot mualliflariga ko‘ra, gumanitar yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlarda ayollar markaziy o‘rin tutadi.
“Afg‘onistonga yordam yetkazish jarayonida ularning ishtirokisiz nodavlat notijorat tashkilotlari aholining eng zaif qatlamlarini oziq-ovqat, dori-darmon, qishga tayyorgarlik uchun zarur bo‘lgan buyumlar, yashashi uchun zarur bo‘lgan boshqa jihozlar va xizmatlar bilan ta’minlashga erisha olmaydi”, deb ta’kidladi bayonot mualliflari.
“Tolibon” harakati afg‘on xalqi, ayniqsa, ayollar va qizlarning huquqlari, erkinliklari va farovonligiga hurmatsizlik, xalqaro hamjamiyat bilan normal munosabatlardan manfaatdor emasligini namoyish etishda davom etmoqda.
Avvalroq, Afg‘oniston muvaqqat hukumatidagi Iqtisodiyot vazirligi barcha milliy va xalqaro nohukumat tashkilotlarga keyingi ogohlantirishgacha ayollarni ishdan chetlashtirishni buyurgan edi. Shuningdek, agentlik ushbu talabga rioya qilmagan tuzilmalarning litsenziyasini qaytarib olishi haqida ogohlantirgan.
LiveBarchasi