12 nafar o‘zbekistonlik bokschi Xalqaro turnirning keyingi bosqichiga yo‘l oldi

Sport

image
0:00
0:00
download

Kecha, 21 fevral kuni Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks olamida katta nufuzga ega “Stranja” an’anaviy 74-xalqaro turnirining navbatdagi janglari bo‘lib o‘tdi. Kun dasturida 12 nafar o‘zbekistonlik bokschi keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tarildi.

-67 kg vazn toifasida Bekzod Hamidovning raqibi sog‘lig‘idagi muammolar sabab ringga chiqmadi va Hamidov avtomatik tarzda keyingi bosqichga yo‘l oldi.

-71 kg vaznda ikki o‘zbekistonlik bokschi bahs olib borishdi. Iqboljon Xoldorov va Saidjamshid Jafarov o‘rtasidagi jangda Jafarovning qo‘li baland keldi.

Shunday qilib kechagi bahslarda Bekzod Hamidov, Abdumalik Xalakov, Ruslan Abdullayev, Nurislom Ismoilov, Mujibillo Tursunov, Saidjamshid Jafarov, Mirazizbek Mirzaxalilov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Shahzod Muzaffarov, Shohjahon Abdullayev, Odiljon Aslonov va Madiyor Saidrahimov g‘alabaga erishib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Abdumalik Xalakov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made