12 nafar sudya jazoga tortildi
Jamiyat
−
08 may 2022 17107 1 daqiqa
Kecha, 7 may kuni mas’uliyatsizligi va yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun 12 nafar sudya intizomiy jazoga tortildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilingan.
Quyidagi sudyalar intizomiy jazoga tortilgan:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi B. Isroilov;
Farg‘ona viloyat sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi A. Madaminov;
Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtaobod tuman sudining raisi Sh. Mirzakarimov;
Navoiy viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qiziltepa tuman sudining raisi A. Avazov;
Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Koson tumanlararo sudining raisi Sh. Holiqov;
Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlararo sudining sudyasi L. Abdullayev;
Xorazm viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining sudyasi G‘. Matyaqubov;
Xorazm viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch tuman sudining sudyasi R. Bobojonov;
Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘rtachirchiq tumanlararo sudining sudyasi Sh. Holjigitov;
Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tumanlararo sudining raisi Sh. Haydarov;
Toshkent viloyati Nurafshon tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi M. Mahmudov;
Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining sudyasi A. Yo‘ldoshev.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr