12 may kuni Toshkentda harbiylar ishtirokida ommaviy marsh o‘tkaziladi
Jamiyat
−
11 may 2019
6161Ertaga, 12 may kuni Toshkentning shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari ishtirokida “Sog‘ tanda sog‘lom aql» shiori ostida ommaviy marsh yurishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yosh avlodni jismonan chiniqtirish va sport orqali ayollarimiz salomatligini yanada mustahkamlash maqsadida o‘tkazilayotgan tadbir Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani EKO bozori oldidan Feruza massivi bo‘ylab amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan 2019 yilning 12 may kuni soat 8:00 dan 12:00 gacha ushbu hududda avtomobillar harakati vaqtincha to‘xtatiladi.
LiveBarchasi