117 AYOQSHda har 10 litr yonilg‘idan deyarli 1 litr urib qolingan – Energetika vazirligi

3-sahifa

image

O‘zbekistondagi 117 ta avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi (AYOQSH)da iste’molchilar haqidan urib qolinayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 25-28 may kunlari “O‘zneftgazinspeksiya” tomonidan neft mahsulotlarini sotish bo‘yicha 113 ta xususiy korxonaga qarashli 117 ta AYOQSHda nazorat tekshiruvi o‘tkazilgan.

Yoqilg‘i quyish shoxobchalar sig‘imlarida saqlanayotgan 2 million 408 ming litr neft mahsulotlaridan namunalar olinib, laboratoriya sharoitida tahlil etilganida 230 ming litr (10 foiz) mahsulot sifatsiz ekani, 150 ming litr kamomad va 13 ming litr ortiqchalikka yo‘l qo‘yilgani, 43 ta holatda iste’molchilar haqidan har 10 litrda 10 millilitrdan 740 millilitrgacha urib qolinayotgani aniqlangan.

Bundan tashqari, umumiy hajmi 393 ming litr bo‘lgan neft mahsulotlarini sotishda turli qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan. 

Respublika bo‘yicha aniqlangan qonun buzilish holatlarining asosiy qismi Andijon (94 ming litr), Surxondaryo (70 ming litr), Toshkent (44 ming litr), Namangan (38 ming litr), Sirdaryo (23 ming litr), Farg‘ona (39 ming litr), Jizzax (21 ming litr) va Samarqand (22 ming litr) viloyatlari hamda Toshkent shahri (18 ming litr)ga to‘g‘ri kelmoqda.

“Aniqlangan qonun buzilish holatlari bo‘yicha rasmiylashtirilgan hujjatlar chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

258

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing