110-maktabning kiyinish xonasiga kamera o‘rnatilgani mojarolarga sabab bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Mirobod tumanidagi 110-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi jismoniy tarbiya darsi oldidan kiyinish xonasiga video kuzatuv kameralari o‘rnatilgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Tabiiyki, ota-onalar bundan norozi. Ushbu holat haqidagi munozaralari fikrlar orasida jamoatchilikning ham e’tirozi talaygina. Ijtimoiy tarmoqda trendga chiqqan ushbu masalaga Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi munosabat bildirdi. 

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi Ishchi guruhi o‘rganish olib borgan. Unga ko‘ra, haqiqatan maktab ma’muriyati o‘quvchilar kiyinish xonasiga video kuzatuv kamerasi o‘rnatgani aniqlangan. 

“Garchi, bu etika va axloq qoidalariga zid bo‘lsa-da, ushbu holatni maktab direktori U.Rashidova keyingi paytlarda o‘quvchilar o‘rtasida o‘g‘irlik va shunga o‘xshash holatlarni oldini olish, ular o‘rtasida tartib-intizom o‘rnatish, nazoratni kuchaytirish hamda o‘quvchilar hushyorligini oshirish maqsadida Ota-onalar kuzatuv Kengashi taklifiga ko‘ra, kamera o‘rnatishga majbur bo‘lganligi bilan izohladi. Jumladan, o‘quvchilar jismoniy tarbiya darsi mashg‘ulotlariga chiqqan mahalida bir necha marotaba mobil telefon, taqinchoqlar, pullar yo‘qolgan. Bu kabi noxush holatlar bo‘yicha bir necha marotaba ichki ishlar idoralari vakillari, ota-onalar ishtirokida bayonnomalar tuzilgan. Bu kamera orqali faqat yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz holat sababchilarini aniqlash ko‘zda tutilgan, xolos. Unda kamera tasvirga olgan lavhalar jamoatchilikka taqdim etilmagan, video kuzatuv faqat direktor xonasida o‘rnatilgan “pult” orqali amalga oshirilgan. Nafaqat, kiyinish xonasidagi, balki ta’lim muassasasidagi mavjud 250 ta video kuzatuv kameralari faqatgina maktab direktori nazoratida bo‘lishi qat’iy belgilab qo‘yilgan”, deyiladi poytaxt XTBB munosabatida.

Alohida urg‘ulanishicha, jamoatchilik va ota-onalarning e’tirozidan keyin, kecha maktab ma’muriyati tomonidan kiyinish xonasidagi kamera olib tashlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

593

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing