110-maktab o‘quvchisi o‘limiga oid yangi tafsilotlar ochiqlandi

3-sahifa

image

Mirobod tumanida joylashgan 110-maktabning 8-sinf o‘quvchisi vafot etgani haqida xabar berilgandi. Hodisa joyida janjal yoki kelishmovchilik sodir bo‘lmagani aniqlangan. Bu haqda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat yuzasidan bergan rasmiy munosabatida bildirdi.

Joriy yilning 10 aprel kuni  Mirobod tumanidagi 110-maktabning 8-sinf o‘quvchisi M.S. 5 soat o‘qigan, darsdan so‘ng maktab hovlisida vafot etgan. Maktab kuzatuv kamerasi videoyozuvlari o‘rganilganida hodisa joyida janjal yoki kelishmovchilik sodir bo‘lmagani aniqlangan.

Sud-tibbiyot ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, M.S.ning o‘limiga “oshqozon osti beziga keng ko‘lamli qon quyilishi, o‘tkir yurak qon tomir yetishmovchiligi, o‘ng ko‘z yonida shilinma, ichki a’zolari to‘laqonligi, bosh miya va o‘pkalar shishi” sabab bo‘lgan.

“M.S. 8-sinfning a’lochi va namunali o‘quvchilaridan bo‘lgan. Bevaqt vafoti munosabati bilan uning ota-onasi hamda barcha yaqinlariga hamdardlik bildiramiz”, deyiladi boshqarma bayonotida.

Hozirda huquq-tartibot idoralari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Mirobod tumani 110-maktab o'quvchining o'limi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing