11 yoshli shaxmatchi FIDE sport ustasi unvonini qo‘lga kiritdi
Sport
−
01 fevral 2022
3429O‘zbekistonlik 11 yoshli shaxmatchi Humoyun Bekmurodov Xalqaro shaxmat federatsiyasining (FIDE) sport ustasi unvonini qo‘lga kiritdi.
Bekmurodov shu kunga qadar o‘smirlar o‘rtasidagi ko‘plab musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan, shuningdek 2020 yilda o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha onlayn O‘zbekiston chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan holda yakunda Spark avtomobil bilan taqdirlangan edi.
Ma’lumot uchun, dunyo tarixidagi eng yosh grossmeyster maqomini 2021 yil 30 iyunda hind millatiga mansub bo‘lgan amerikalik shaxmatchi Abximanyu Mishra qo‘lga kiritgan. U 12 yosh, 4 oy 25 kunligida shaxmatdagi eng yuqori darajaga ko‘tarilgan edi. Bunga qadar esa 19 yildan ziyod vaqt davomida jahonning eng yosh grossmeysteri maqomini rossiyalik Sergey Karyakin o‘z qo‘lida saqlab turgan.
Shuningdek, o‘zbekistonlik shaxmatchilar – Javohir Sindorov va rapid bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov ham grossmeysterlik talabini bajargan dunyodagi eng yosh shaxmatchilar qatoridan o‘rin olgan.
LiveBarchasi