11 yashar qizchani zo‘rlagan 31 yoshli erkak qo‘lga olindi

3-sahifa

image

11 yashar qizchaning nomusiga tajovuz qilib, zo‘rlab kelgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, 5 nafar bolaning otasi bo‘lgan 31 yoshli erkak qonuniy xotini bo‘la turib, boshqa bir erkak bilan rasmiy nikohi bekor qilinmagan ayolni o‘ziga ikkinchi xotin qilib olgan. Bundan tashqari, u ikkinchi xotinining voyaga yetmagan (11 yashar) qizini ham muntazam zo‘rlab kelgan.

Bildirilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi rahbariyatining aralashuvi bilan bolaning huquqlari poymol bo‘lishi oldi olingan. Hozirda agentlik tomonidan jabrlanuvchiga zarur tibbiy, psixologik va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda.

Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etgan 31 yashar A.K rad etib bo‘lmas dalillar bilan qo‘lga olingan bo‘lib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan qondirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing