11 ta noma’lum murdaning shaxsi aniqlandi – Bobojonov
3-sahifa
−
06 avgust 2022
41763O‘zbekistonda joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida 46 529 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, ularning 43 728 tasi yoki 93,9 foizi fosh etilgan. Tergov organlaridan yashirinib yurgan 2 841 nafar shaxslar qo‘lga olingan. Bu haqda kecha, 5 avgust kuni Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning Senat yalpi majlisida taqdim etgan axborotida aytiladi.
Qayd etilishicha, o‘tgan davr mobaynida 203 nafar bedarak yo‘qolganlar topilib, 11 ta shaxsi noma’lum murdalarning shaxsi aniqlangan.
6 oyda 1 066 nafar shaxslar tomonidan 817 ta korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlar sodir etilgan. Oqibatda yetkazilgan 116 mlrd 515 mln so‘m miqdoridagi zararning undirilishi ta’minlangan.
Bobojonovga ko‘ra, 1 tonna 206 kg narkotik vositalari, shuningdek turli yot g‘oyalarni targ‘ib etishda foydalanilgan 54 ta adabiyotlar va 111 ta ma’lumot tashuvchilar ushlangan.
1 135 marotaba maxsus operatsiyalarda 14 811 nafar jinoyat sodir qilgan shaxslar ushlanib, ulardan 5 dona o‘qotar qurollar, 1 222 dona o‘q-dorilar, 118 dona sovuq qurol va 46 kg 618,3 gr giyohvandlik vositasi aniqlab olingan.
861 bosh xizmat itlari yordamida 1 669 ta jinoyatlar fosh etilib, 50 kg ortiq giyohvandlik vositalari aniqlangan.
Fuqarolardan 548 dona qurol va 971 dona o‘q-dorilar ixtiyoriy ravishda olingan, 73 nafar fuqarolar esa 634 dona qurol va 1 923 dona o‘q-dorilarni noqonuniy saqlagani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.
244 nafar “hujra”larda qatnashgan, 35 nafar chegara qoidalarini buzgan hamda 120 nafar odam savdosi jinoyatini sodir etgan shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishi ta’minlangan.
Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarida saqlangan 3 595 nafar shaxslar bilan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 75 nafar qidiruvda bo‘lgan shaxs aniqlangan va 38 ta jinoyat fosh etilgan.
LiveBarchasi