11 oyda xorijdan O‘zbekistonga necha milliard dollar yuborilgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 11 oyida O‘zbekistonga kirib kelgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 35 foizga o‘sib, 7,3 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda bugun, 9 dekabr kuni Markaziy bank Boshqaruvining asosiy stavkani belgilash bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, yil boshidan boshlab tashqi iqtisodiy sharoitlar asosiy oziq-ovqat tovarlari va energiya resurslari narxining sezilarli qimmatlashishi fonida inflyatsion jarayonlarning tezlashishi hamda bunga javoban ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarda pul-kredit sharoitlarining qat’iylashtirilishi sharoitida shakllanmoqda. 

Shuningdek, banklarning milliy valyutadagi muddatli depozitlari bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkalari oktyabr oyida biroz pasayuvchi dinamika hosil qilib, jismoniy shaxslar uchun 19,6 foiz, yuridik shaxslar uchun 15,1 foiz darajasida shakllanib, mos ravishda 8,1 foiz va 4,1 foizlik real ijobiy stavkalar qayd etilgan.  

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda yoqilg‘i-energiya mahsulotlari narxlarining oxirgi uch oyda sezilarli o‘sgani transport, yo‘lovchi tashish, yetkazib berish va logistika xizmatlari narxlarining ham oshishiga olib kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

203

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing