11 nafar sudya lavozimiga qayta tayinlandi
Jamiyat
−
08 aprel 2022
7117Bugun, 8 aprel kuni Sudyalar oliy kengashining qarori bilan 11 nafar sud’ya vakolat muddati davriga qayta tayinlandi. Ular yana 10 yil sudyalik qilishi mumkin. Bu haqda kengash Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda Kengash vakolatiga oid bir qancha masalalar qatori vakolat muddati yakuniga yetgan sudyalarning ushbu lavozimida bo‘lishning keyingi muddatiga tayinlash masalasi ham muhokama qilingan.
Kengash qarori bilan:
Fazliddin Xudoyberdiyevich Choriyev – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Qashqadaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlangan va shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilingan.
Orzimurod Abdurahmonovich Shukurov – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Qashqadaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlangan va shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilingan.
Nizomjon Mahmudov – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Qashqadaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Dehqonobod tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlangan va shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilingan.
Suxrob Berdikulovich Tursunov – sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlangan va shu munosabat bilan Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Tayloq tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilingan.
Yulduz Nizomitdinovna Muxammadiyeva – sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Tayloq tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlangan va shu munosabat bilan Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod qiligan.
Abrorjon Alimjonovich Omonov – sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Uchko‘prik tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlangan va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod qilingan.
Toxirjon Zafarovich Vaxobov – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Furqat tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlangan va shu munosabat bilan Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Asaka tuman sudining sudyasi lavozimidan ozod qilingan.
Saidjon Sadriddinovich Badriddinov – sudyalik vakolati muddati davriga Buxoro viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlangan va shu munosabat bilan Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Chust tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilingandi.
Nozimjon Kozimovich Parpiyev – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Jalaquduq tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi.
Dilmurod Ubaydullayevich Valiyev – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
Otabek Ibragimovich Mirzayev – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlangan va shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilingan.
LiveBarchasi