100 yoshdan oshgan nuroniylar mukofotlandi
Jamiyat
−
25 avgust 4954 1 daqiqa
O‘zbekistonning turli hududlarida istiqomat qiluvchi 100 yoshdan oshgan nuroniylar “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi. Bu bugun, 25 avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Prezident farmonida belgilangan.
100 yoshdan oshgan quyidagi nuroniylar mukofotlangan:
- Gadanova Xaticha – Narpay tumani, Samarqand viloyati
- Galimova Naziba – Bog‘ot tumani, Xorazm viloyati
- Zaripova Narjan – Beruniy tumani, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
- Imomqulova Suxsurbu – Pop tumani, Namangan viloyati
- Kenjayeva Anor – Yangiobod tumani, Jizzax viloyati
- Matisoqova Melibu – Buvayda tumani, Farg‘ona viloyati
- Normatov Urazali – Sardoba tumani, Sirdaryo viloyati
- Roziyeva Nazmira Mirsultanovna – Mirzo Ulug‘bek tumani, Toshkent shahri
- Tabarov Ikrom – Sho‘rchi tumani, Surxondaryo viloyati
- Tag‘oyev Juraqul – Xatirchi tumani, Navoiy viloyati
- Teshayev Achil – Jondor tumani, Buxoro viloyati
- Usmonova Mexri – Chinoz tumani, Toshkent viloyati
- Shirnazarov Maxmadali – Shahrisabz tumani, Qashqadaryo viloyati
- Yuldosheva Chinixon – Paxtaobod tumani, Andijon viloyati
Eslatib o‘tamiz, Prezidentning mazkur farmoni bilan bir nafar vazir, vazir o‘rinbosarlari va qo‘mita raislari ham mukofotlangandi.
Live
Barchasi