100 dan ortiq o‘smirlarni to‘plagan 19 yoshli bloger IIBga olib ketildi (video)
Jamiyat
−
25 fevral 2023
35397Ijtimoiy tarmoqlarda bir necha voyaga yetmaganlar Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi ko‘chalardan birida “Aslam sila”, deb baqirib ketayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, kecha, 24 fevral kuni taxminan soat 15:30 larda ijtimoiy tarmoqlarda o‘zining blogini yurituvchi 2004 yilda tug‘ilgan jizzaxlik Aslambek Bahromov Chilonzor tumanidagi ko‘ngilochar maskanlardan biri yaqinidagi fan-klub a’zolarini chaqirib, ular bilan uchrashuv o‘tkazmoqchi bo‘lgan.
Shuningdek, bolalarga sovg‘alar tarqatishini ham aytgan. Uchrashuvga taxminan 130-140 nafarga yaqin voyaga yetmagan bola yig‘ilgan va jamoat tartibini buzib shovqin-suron ko‘targan. Shu hududda xizmat olib boruvchi Milliy gvardiya va Ichki ishlar organlari xodimlari tartibsizlikni oldini olish va tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida Aslambek Bahromovni Ichki ishlar bo‘limiga olib ketgan. IIO xodimlari Aslambek Bahromovni olib ketayotgan vaqtda bir necha voyaga yetmaganlar uning ketidan avtomashinagacha kuzatib borgan. So‘ng uchrashuvga yig‘ilganlarning barchasi tarqalgan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani Ichki ishlar organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan Aslambek Bahromovga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 201-moddasi (yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Hujjatlar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun tuman sudiga taqdim etilgan.
LiveBarchasi