10 yashar bola 2 yashar qizchaning o‘limiga sababchi bo‘ldi
3-sahifa
−
20 noyabr 2020
14971Farg‘onada voyaga yetmagan 10 yashar bolakay avtomobil boshqarib, 2 yashar qizchaning o‘limiga sababchi bo‘ldi. Bu haqda “Hudud” informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Xabarda ta’kidlanishicha, tumanning Matqulobod qishlog‘ida Damas rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan 10 yashar bolakay 2 yoshli qizchani bosib ketib, mudhish YTH sodir etgan. Natijada jabrlanuvchi olgan tan jarohati natijasida vafot etgan.
Xo‘sh, 10 yashar bola boshqargan avtomobil kimniki edi? Albatta, otasiniki. O‘g‘li YTH sodir etib, birovning 2 yashar qizchasini nobud qilgan mahal “qahramon”ning otasi choyxonada bo‘lgan.
“Uyda do‘stlarim bilan o‘tirgan edik. Mashinani qulflashni unutibman. O‘g‘limni mashina haydab ketganidan xabarim yo‘q edi. Biz uni ko‘chada mashina haydashiga hech qachon ruxsat bermaganmiz. Faqat ertalablari qizdirib berar edi”, deydi avtomobil boshqaruvida bo‘lgan bolaning otasi.
Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati IIB tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.
Dinara Yusupova
LiveBarchasi