10 ming o‘zbekistonlikni ishga chaqirgan Rossiyada koronavirus avjiga chiqmoqda
Olam
−
12 Oktabr 2021
6158Kecha, 11 oktyabr kuni Rossiyada koronavirusdan rekord darajada o‘lish holati qayd etildi. Infeksiyaga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir sutkada 973 kishi koronavirusdan vafot etgan.
Xabarga ko‘ra, bu pandemiya boshlanganidan buyon qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir. Bundan avvalgi rekord 968 ta o‘lim holatini tashkil etib, joriy yilning 9 oktyabrida ro‘yxatga olingandi. Bosh shtab ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada shu vaqtga qadar jami 218 345 kishi koronavirusdan vafot etgan.
Rossiyada koronavirus bo‘yicha statistikaning salbiy tomonga o‘zgarishi mamlakatning ijtimoiy hayotida ham aks eta boshladi. Jumladan, epidemiologik holati tufayli yuzlab maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari to‘liq yopildi.
Bugun, 12 oktyabr kuni Rospotrebnadzor rahbari Anna Popovaning koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash prezidiumining yig‘ilishida ma’lum qilishicha, mamlakat bo‘ylab 605 ta maktab hamda 117 maktabgacha ta’lim muassasalari to‘liq o‘z faoliyatni to‘xtatgan.
Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyi boshida Rossiya Hukumati O‘zbekistondan 10 ming nafar quruvchini jalb qilish bo‘yicha sinov loyihasini ma’qullagandi. Bunda talabgorlarga koronavirusga qarshi emlanganlik yoki Rossiyaga kelishdan oldin 5 oy ichida kasallikka chalingani haqidagi ma’mulotnomani ko‘rsatish talab etiladi.
LiveBarchasi