1 yanvardan 9 ta agentlik tugatiladi – ro‘yxat
Jamiyat
−
24 dekabr 2022
52834Prezident farmoni bilan 2023 yil 1 yanvardan respublika davlat boshqaruvi organlari quyidagicha qayta tashkil etiladi:
Vazirliklar:
- Xalq ta’limi vazirligi – negizida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashkil etilmoqda;
- Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi – negizida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tashkil etilmoqda;
- Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi – negizida Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tashkil etilmoqda;
- Moliya vazirligi – negizida Iqtisodiyot va moliya vazirligi tashkil etilmoqda;
- Qurilish vazirligi va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi – negizida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tashkil etilmoqda;
- Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi – negizida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tashkil etilmoqda;
- Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi – negizida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashkil etilmoqda;
- Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi – negizida Raqamli texnologiyalar vazirligi tashkil etilmoqda;
- Turizm va madaniy meros vazirligi va Madaniyat vazirligi – negizida Madaniyat va turizm vazirligi tashkil etilmoqda;
- Maktabgacha ta’lim vazirligi – negizida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzurida Maktabgacha ta’lim agentligi tashkil etilmoqda;
- Innovatsion rivojlanish vazirligi – negizida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Innovatsion rivojlanish agentligi tashkil etilmoqda;
- Sportni rivojlantirish vazirligi – negizida Yoshlar siyosati va sport vazirligi tashkil etilmoqda;
Qo‘mitalar:
- Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi – negizida Tabiat resurslari vazirligi tashkil etilmoqda;
- Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi – negizida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tashkil etilmoqda;
- Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi – negizida Tog‘-kon va geologiya vazirligi tashkil etilmoqda;
Agentliklar:
- Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi – negizida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi tashkil etilmoqda.
Sohiba Komilovna
LiveBarchasi