1 va 2-sinf o‘quvchilarini baholash tartibi o‘zgardimi?
Jamiyat
−
11 Sentabr 2021
8355So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda umumta’lim muassasalari 1 va 2-sinf o‘quvchilarining bilimini A, B, D, E, F shaklida baholash tartibi joriy qilinganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda.
Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi ushbu xabarlarga munosabat bildirdi.
Markazning qayd etishicha, “Milliy o‘quv dasturi” doirasida baholash komponenti xalqaro tajribalardan kelib chiqib yaratilgan, mazkur komponentlar orasida “Baholash” komponenti ham mavjud. Biroq, yangilikni joriy qilish muhokamalar natijasida o‘qituvchilarning fikrini o‘rgangan holda amalga oshiriladi.
“Shunday ekan, Xalq ta’limi vazirligi 2021/2022 o‘quv yilidan yangi baholash joriy qilinishi haqidagi xabarlarning asossiz ekanligini ta’kidlagan holda, barcha sinflarda o‘quvchilar bilimini baholash an’anaviy 5 balli shkalada amalga oshirilishini bildiradi”, deya ma’lum qilgan markaz.
LiveBarchasi