1 noyabrdan eski namunadagi “ob’ektivka”lardan voz kechiladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistondagi davlat idoralarida “mahalladan – respublikagacha” tamoyili asosida kadrlarni o‘stirish tizimi joriy qilinadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 4 avgust kuni bo‘lib o‘tayotgan davlat xizmatini isloh qilish bo‘yicha yig‘ilishda so‘z ochdi.

“Biz davlat xizmatini mahallaga tushirish bo‘yicha katta islohotlarni boshladik. Har bir mahallada – rais, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlardan iborat yaxlit tizim yaratildi. Bundan buyon, rahbarlik lavozimlariga nomzodlar mahallada odamlar bilan ishlagan, ularning muammosini o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, hal qilgan kadrlar orasidan tanlab olinadi”, deydi davlat rahbari.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, 1 noyabrdan:

•  eski namunadagi “ob’ektivka”dan voz kechilib, ilg‘or IT-texnologiyalar asosida xodimning malakasi va salohiyati, erishgan natijalarini baholaydigan tizimga o‘tiladi;

•  xodimni baholashda qaysi oliygohni bitirgani yoki qayerda ishlagani emas, qanday bilim-tajribaga egaligi va ko‘rsatgan natijalari asosiy mezon bo‘lishi shart. 

"Oddiy qilib aytganda, rahbarlikka tasodifan kelib qolishning oldi olinadi", deydi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

ob'ektivka

Baholaganlar

473

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar