1 mln dollarlik banknotni pullayotgan shaxslar ushlandi

Jamiyat

image

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Davlat xavfsizlik xizmati 1 million AQSH dollari ko‘rinishidagi banknot sotayotgan firibgarlarni ushladi. Bu haqda departament Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, fuqaro F.N. va I.P. oldindan til biriktirib, firibgarlik yo‘li bilan hech qanday qiymatga ega bo‘lmagan kupyurani sotmoqchi bo‘lgan.

Ular 1988 yilda ishlab chiqarilgan 1 000 000 AQSH dollari ko‘rinishidagi yaxlit banknotni fuqaro U.ga 40 000 AQSH dollari evaziga sotayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

564

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing