Tuman va shaharlar “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga ajratiladi

Jamiyat

image
Stikerlar bekor qilinadi. Avtomobildan foydalanish erkin bo‘ladi north_east

Stikerlar bekor qilinadi. Avtomobildan foydalanish erkin bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 5 may kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida karantin choralari yumshatiladigan hududlarni belgilashda bemorlar soni va davolanish dinamikasidan kelib chiqib baholash lozimligi haqida gapirdi.

Tumanlar va shaharlarni “qizil” (yuqori xavfli), “sariq” (o‘rta xavfli) va “yashil” (xavfsiz) hududlarga ajratiladi.

Korxonalarda, ayniqsa savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida sanitariya qoidalariga amal qilinishi bo‘yicha ta’sirchan jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi.

Shavkat Mirziyoyev mas’ullarga qisqa fursatlarda hududlarning karantin darajasini aniqlash bo‘yicha topshiriq berdi. Joylarda vaziyat o‘zgarishiga qarab, karantin darajasi ham o‘zgarib boradi.

Korxonalarda, ayniqsa savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida sanitariya qoidalariga amal qilinishi bo‘yicha ta’sirchan jamoatchilik nazorati o‘rnatilishi ta’kidlandi.

Respublika komissiyasiga xizmat ko‘rsatish turlarini qaysi hududlarda va qanday shartlar asosida yo‘lga qo‘yishni belgilash topshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

595

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing