1 iyundan tabiiy gaz va elektr energiyasining narxi oshadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 noyabrdagi "Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risida"gi 897-sonli qaroriga muvofiq 2019 yil 1 iyundan boshlab tabiiy va suyultirilgan gaz va elektr energiyasi uchun narxlar oshiriladi. Bu haqda O‘zA nashri xabar tarqatdi.

Eslatib o‘tamiz, bu bo‘yicha 2018-2019 yillarda tariflar va narxlar o‘zgarishi grafigi tasdiqlangan.

Tabiiy gazning (1 kub/m uchun) narxi:

hisoblash asboblari bo‘lganida aholining kommunal maishiy ehtiyojlari uchun — 350 so‘m;
hisoblash asboblari bo‘lmagan holda aholining kommunal maishiy ehtiyojlari uchun:
ovqat tayyorlash va issiq suv ta’minoti uchun — 605 so‘m;
isitish tizimi uchun — 350 so‘mdan hisoblanadi.

Elektr energiyasining narxi (1 kVt soati uchun):

I va II guruhdagi iste’molchilar uchun — 370 so‘m;
III guruhdagi iste’molchilar uchun — 280 so‘m;
IV guruhdagi iste’molchilar uchun — 392 so‘m etib belgilanadi.


Maqola muallifi

Teglar

elektr energiyasi

Baholaganlar

201

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing