1 iyuldan “Sirli xaridor” bozorga chiqadi

Jamiyat

image

2020 yilning 1 iyulidan boshlab tibbiyot tashkilotlari va dorixonalar tomonidan qonun talablariga rioya etilishini monitoring qilish va baholash maqsadida “Sirli xaridor” instituti joriy etiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu institut tibbiyot tashkilotlari va dorixonalar tomonidan retseptlarni yozish, dori vositalarining savdo nomi uchun cheklangan narxlarini qonunchilik talablariga rioya etilishini monitoring qilish va baholab borish bilan shug‘ullanadi.

Kuzatishlar natijasiga ko‘ra , respublikada bir nomdagi dori vositasi narxida 10 foizdan 50 foizgacha tafovut mavjud.

2019 yil 30 dekabrdagi Prezidentning “Respublika farmatsevtika tarmog‘idagi islohotlarni chuqurlashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 2020 yilning 1 iyulidan boshlab respublikada mahalliy va xorijiy dori vositalariga referent, ya’ni o‘rtacha narxni belgilash tizimi bosqichma bosqich joriy etiladi. 

“Unga ko‘ra, dori shakli, qadoqdagi dorilar soni, dozasi, konsentratsiyasi, hajmi va qadoqlash xususiyatlarini hisobga olgan holda dori vositalariga narxlar belgilanadi va dori vositalarini O‘zbekistonga import qilish va mahalliy korxonalar tomonidan realizatsiya qilish belgilangan narxlardan yuqori bo‘lmagan tartibda amalga oshiriladi”.


Maqola muallifi

Teglar

Dorixona

Baholaganlar

180

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing