1 iyuldan amaldorlarning avtomobillari raqamlari o‘zgaradi
Jamiyat
−
29 iyun 2021 15688 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 1 iyuldan davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining yangi tipi joriy etiladi.
Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining shaxsan biriktirilgan va navbatchi xizmat avtomobillariga “DAV” seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari beriladi.
Davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda, chap tomonda — hududning kodi, o‘ng tomonda — O‘zbekiston bayrog‘i va “UZ” harflari bo‘ladi.
Live
Barchasi
SAXAL jurnalistlarga zarba berilganini tasdiqlab, ulardan birini “Hizbulloh” terrorchisi deb atadi
28 mart
Tramp “qora shahzoda”ni “orqasidan o‘pishi kerak”ligini va unga “bu yoqimli bo‘lishi”ni aytdi
28 mart