1 gektar yerni 200 ming dollarga olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi
3-sahifa
−
28 Sentabr 2021
6595Toshkent viloyatida fuqaroga 1 gektar yer maydonini 200 000 AQSH dollari evaziga olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, fuqarolar S.U. va B.A. Toshkent viloyati O‘rmon xo‘jaligi tasarrufidagi 1 gektar yer maydonini 200 000 AQSH dollari evaziga fuqaro D. ning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Ular bu ishni vakolatli tanishlari orqali amalga oshirishini aytib, fuqaro D. ni ishontirgan.
Departament hamda DXXning Yunusobod tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda firibgarlar oldindan kelishilgan pulning 10 foizini hisoblab, 20 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xabarga ko‘ra, xozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi