1 dekabrdan o‘zbekistonliklar hayotida nimalar o‘zgaradi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston qonunchiligida 2021 yil 1 dekabrdan boshlab qator yangiliklar kuchga kiradi. “Norma” oy boshidan kuchga kiradigan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi.

Ko‘chma savdo soddalashtiriladi

•    Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ko‘chma savdo ob’ektlarini “K–SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘im undirilmaydi;
•    Ko‘chma savdo joyi (xususiy mulkdorlarga tegishli joylardan tashqari) ko‘chma savdo ob’ektlarining joylashish sxemalari bo‘yicha “K-SAVDO” AAT orqali elektron auksionda sotiladi.

Davlat organlari faoliyatining ochiqligi baholanadi

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini monitoring qilish va ochiqligini baholash metodikasi asosida har yil yakuni bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining Ochiqlik indeksi aniqlanadi.

Davlat organlari korrupsiyaga qarshi kurashish haqidagi hisobot beradilar

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan har yil yakuni bo‘yicha barcha davlat organlari va tashkilotlarida, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarida yo‘lga qo‘yilgan korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholovchi reytingni e’lon qilish amaliyoti joriy etiladi.

Xarid komissiyasining ayrim vakolatlari bekor qilinadi

Xarid komissiyasining ma’lumotlar haqqoniyligini tekshirish va ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatish vakolatlari bekor qilinadi.

Chet elda yashaydigan yurtdoshlarimiz davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi

•    Chet elda doimiy yashovchi O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratiladi. O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari ularga ERI kaliti sertifikatlarini beradi;
•    O‘zbekistonda doimiy yashamaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga JSHSHIR soddalashtirilgan tartibda tuman (shahar) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarida hamda davlat xizmatlari markazlarida beriladi;
•    litsenziya, ruxsatnoma, sertifikat va boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning dublikatini berish uchun qonunchilik hujjatlarida milliy valyutada belgilangan to‘lovlarni BHMning 10 foizigacha miqdorda belgilandi. Qonunchilik hujjatlarida to‘lovlar belgilanmagan yoki BHMning 10 foiziidan kam miqdorda belgilangan hollar bundan mustasno. Bunda QR-kod qo‘yilgan litsenziya, ruxsatnoma, sertifikat va boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning dublikatlarini berish uchun to‘lov undirilmaydi.

Bojxonada – yagona hisobvaraq-faktura asosida oldindan to‘lov

O‘zbekiston Davlat chegarasi orqali avtomobil o‘tkazish punktlarida:

veterinariya va fitosanitariya organlarining tovarlarga tegishli hujjatlarni tekshirish va rasmiylashtirish vazifalari "Yagona darcha" bojxona axborot tizimi yoki unga integratsiyalashgan axborot tizimlari orqali amalga oshiriladi;
veterinariya va fitosanitariya organlari tomonidan tovar-transport hujjatlariga muhr bosish va ularni ro‘yxatga olish amaliyoti bekor qilinadi;
to‘lanadigan barcha yig‘imlarni transport vositalari chegara punktiga kirgunga qadar yagona hisobvaraq asosida oldindan to‘lash amaliyoti joriy etiladi

Shartnomalar tuzish tartibi soddalashtirildi

Quyidagilar bekor qilinadi:

a) tijorat banklariga yetkazib berilgan mahsulot (bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar) uchun to‘lovlarni uchinchi shaxslar hisobidan qabul qilishga qo‘yilgan taqiq;

b) quyidagilarni belgilashga doir talablar:

•    davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mahsulotlarni yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlarni ko‘rsatish) to‘g‘risida tuziladigan shartnomalarida majburiy ravishda oldindan to‘lovni;
•    qishloq xo‘jaligi va chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchilari va tayyorlov tashkilotlari o‘rtasida tuziladigan shartnomalarda majburiy ravishda avansni.

Elektron cheklarda – qo‘shimcha ma’lumotlar

Elektron cheklarda elektron to‘lov tizimlari xizmatlari yordamida amalga oshirilgan tranzaksiyalarning («P2P» to‘lovlari bundan mustasno) elektron cheklarida avtomatik tarzda shakllanuvchi fiskal belgilarni majburiy aks ettirish talabi o‘rnatiladi.

Orolbo‘yi kardiologiya markazi imtiyozga ega shaxslarga xizmatlar ko‘rsatadi

Orolbo‘yi kardiologiya va kardioxirurgiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yo‘llash tizimiga ulanishi ta’minlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

1 dekabr'

Baholaganlar

1999

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing