Avgustdan O‘zbekistondagi aeroportlarda “Ochiq osmon” rejimi joriy etiladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 12 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida “Ochiq osmon” rejimini joriy etish to‘g‘risidagi buyrug‘i imzolandi.

“Ochiq osmon” rejimi 2020 yilning 1 avgustidan boshlab IATA “Qish 2022/2023” mavsumi yakunigacha ikki yil muddatga uni uzaytirish yoki shartlarni o‘zgartirish imkoniyati bilan O‘zbekiston Respublikasining Qarshi, Nukus, Termiz, Buxoro, Navoiy, Urganch, Andijon, Farg‘ona, Namangan va Samarqand shahridagi aeroportlarida “beshinchi havo erkinligi” huquqini qo‘llagan holda joriy etiladi.

Buyruqqa muvofiq “Ochiq osmon” rejimi:

Qarshi, Nukus, Termiz, Buxoro, Navoi va Urganch shahridagi aeroportlarda hech qanday cheklovlarsiz;

Andijon, Farg‘ona, Namangan va Samarqand shahridagi aeroportlarda Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotiga a’zo davlatlarning aviakompaniyalariga ko‘rsatilgan aeroportlarga ularning texnik imkoniyatlarini inobatga olgan holda parvozlar soni cheklovlarisiz O‘zbekiston Respublikasi tayinlangan tashuvchilari foydalanmagan yo‘nalishlarda “beshinchi havo erkinligi” va yo‘lovchi parvozlarini amalga oshirish huquqi bilan;

Samarqand shahridagi aeroportda qayta ta’mirlash ishlari yakunlangach joriy etiladi.

Mazkur rejimga muvofiq Navoi va Termiz shahridagi aeroportlarda xorijiy aviakompaniyalarga yuk tashish parvozlarini amalga oshirish uchun “yettinchi havo erkinligi”ga qadar bo‘lgan huquqlar beriladi.

Qayd etilishicha, yangi havo yunalishlarini ochishga qiziqish bildirgan yoki parvozlar sonini oshirishni rejalashtirgan xorijiy aviakompaniyalar kerakli hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda Transport vazirligi qoshidagi Aviatsiya agentligiga va Havo transportini rivojlantirish departamentiga topshirishi lozim. Ushbu masala yuzasidan barcha murojaatlar qisqa fursatda ko‘rib chiqiladi.


Maqola muallifi

Teglar

aeroport

Baholaganlar

212

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing