1 apreldan boshlab DXA “propiska” tamoyilini bekor qiladi
Jamiyat
−
27 mart 2019
8262Joriy yilning 1 aprelidan boshlab yuridik va jismoniy shaxslar istalgan hududdagi Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilib davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi xabar bermoqda.
Endilikda, misol uchun, Toshkent shahrida faoliyat yuritishni maqsad qilgan tadbirkor Samarqand viloyatidagi markazlardan turib ham ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Nafaqat ro‘yxatdan o‘tish sohasida, balki Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan aksariyat xizmatlardan doimiy yashash joyidan hamda ro‘yxatdan o‘tgan hududidan qat’iy nazar jismoniy va yuridik shaxslar istalgan huddudagi Davlat xizmatlari markazlari orqali foydalanishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublisi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida”gi qaroriga muvofiq, 2019 yil 1 iyundan boshlab jismoniy va yuridik shaxslar davlat xizmatlarini eksterritorial tamoyil bo‘yicha olishga haqli ekanligi belgilangan.
Davlat xizmatlarini olishning eksterritorial tamoyili bu – fuqarolar doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan va yuridik shaxslar pochta manzilidan (joylashgan yeridan) qat’iy nazar, istalgan hududdagi Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish imkoniyati hisoblanadi.
LiveBarchasi