1,5 yashar qizaloq tushib ketgan uyni qurganlarga chora ko‘riladi
Jamiyat
−
16 iyun 2022
10471Xabaringiz bor, joriy yilning 9 iyun kuni Samarqand viloyati “Qorasuv” maskanida 1,5 yashar qizcha ko‘p qavatli uyning 10-qavatidan tushib ketib, vafot etgandi. Ushbu holat yuzasidan Qurilish vazirligi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, vazirlik mutasaddilari tomonidan joriy yilning 13 iyun kuni qizaloq tushib ketgan uyning ayvonini to‘sib turuvchi metal to‘siqlari tekshirilgan.
Aniqlanishicha, to‘siqdan polgacha bo‘lgan masofa (qizcha tushib ketgan joy) ishchi loyiha qirqimida 150 mm ko‘rsatilgan bo‘lib, joyida o‘lchanganda 165-170 mm chiqqan. Loyihada to‘siqning ostki qismi betondan yoki kafel yuzasidan ekani aniq ko‘rsatilmagan.
“Loyiha tashkiloti “Univer Pro Stile” MCHJ va pudratchi tashkilot “Agromir Buildings” MCHJning qurilish ishlariga mas’ul mansabdor shaxslariga amaldagi qonunchilikda belgilangan choralar ko‘rilishini bildiramiz”, deyiladi munosabatda.
LiveBarchasi