1,5 trln so‘m eng og‘ir mahallalardagi kambag‘allikni qisqartirish uchun yo‘naltiriladi – Prezident

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga byudjetdan ajratilgan 1,5 trillion so‘m eng og‘ir mahallalardagi kambag‘allikni qisqartirish uchun yo‘naltiriladi. Bu bo‘yicha dastur ishlab chiqishni Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 25 yanvar kuni kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga topshirdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Shuningdek, Bosh vazir o‘rinbosariga, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga viloyat hokimliklari bilan birga jalb qilingan 135 million dollarlik kredit liniyasi bo‘yicha og‘ir mahallalar kesimida tadbirkorlik loyihalari paketini shakllantirib, ushbu mahallalarda kamida 50 ming aholini band qilish vazifasi qo‘yildi.

Yig‘ilishda ilgari ajratilgan kreditlarning qaytarilish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.

"Hokimlar bu mablag‘larni qaytarishni o‘ylamasa, oilaviy tadbirkorlik qayerdan bo‘ladi? Axir bu pullar qaytsa, yana tumanning o‘ziga beriladi-ku!", dedi Prezident.

Mutasaddilarga ushbu masalani qat’iy nazoratga olish topshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing