1-2 may kunlari O‘zbekistonda kuchli shamol va yomg‘ir kuzatiladi

Jamiyat

image

1-2 may kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Kaspiy dengizining janubiy rayonlari ustida shakllangan nam havo oqimi kiradi. Bu haqda Gidrometorologiya xizmati markazi ma’lum qildi.

1 mayda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir, ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida kechga borib yomg‘ir, ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

2 mayda respublikada yomg‘ir, ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi va ertalab yomg‘ir, ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

Shamolning tezligi 15-29 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda shamol shiddati 23-28 m/s gacha yetishi mumkin.

30 aprel-3 may kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

500

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing