1,1 mlrd so‘mlik oltinni ichki organlariga yashirganlar ushlandi

Jamiyat

image

Namangan aeroportida 5 nafar fuqaro 1,1 mlrd so‘mlik oltinni yashirincha Hindistonga olib chiqishga uringani aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, DXXning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida Namangan aeroportida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida “Namangan – Dehli” yo‘nalishida Hindistonga uchib ketmoqchi bo‘lgan Andijon va Farg‘ona viloyatlarida yashovchi 5 nafar fuqaro maxsus tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Tekshiruvda fuqarolar o‘zlarining ichki organlaridan “jonli konteyner” sifatida foydalanib, jami og‘irligi 555 gramm bo‘lgan quyma oltin bo‘laklari va 200 gramm zargarlik buyumlarini yashirin ravishda xorijga olib chiqishga uringani aniqlangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, aniqlangan qimmatbaho metalllarning umumiy taxminiy qiymati 1,1 mlrd so‘mni tashkil etadi. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida 240 ming AQSH dollarini mamlakatdan noqonuniy olib chiqmoqchi bo‘lgan, poytaxtda esa qalbaki 8 400 AQSH dollarining muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing