1 000 ta raketa Eron tomon uchishga tayyor – Tramp

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp agar Eron unga suiqasd uyushtirishga urinsa, Qo‘shma Shtatlar misli ko‘rilmagan zarba bilan javob qaytarishini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

“1 000 ta raketa uchirishga tayyor va Eron Islom Respublikasiga qaratilgan. Zarurat tug‘ilsa, ularning ortidan yana minglab raketalar uchiriladi”, deb yozgan AQSH Prezidenti.

Uning aytishicha, harbiylarga tegishli buyruqlar allaqachon berilgan. Tramp AQSH zarur bo‘lsa, Eron hududidagi nishonlarni bir yil davomida, kerak bo‘lsa undan ham uzoq muddat davomida yo‘q qilishga tayyorligini iddao qilgan.

“Men uzoq vaqtdan beri ularning nishonidaman. Agar ular meni o‘ldirishga muvaffaq bo‘lsa, ularga ilgari hech qachon ko‘rmagan darajadagi bombardimon uyushtirishni buyurganman”, degan Tramp.

Eron rasmiylari esa mamlakat taslim bo‘lmasligini, o‘zini himoya qilishga tayyorligini va har qanday hujumga javob qaytarish huquqiga egaligini ta’kidlab kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Erondan Hormuz bo‘g‘ozida kemalarga hujumlarni to‘xtatishi hamda bo‘g‘ozdagi barcha dengiz yo‘laklari xalqaro kemalar harakati uchun ochiq ekanini rasman e’lon qilishni talab qilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing