Qamchiq dovonida Mercedes Sprinter yonib ketdi
3-sahifa
−
11 noyabr 2020 6384 1 daqiqa
Kecha, 10 noyabr kuni Qamchiq dovonida Mercedes Sprinter avtomobili dvigatelidagi nosozlik tufayli yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV xabar bergan.
Manbaga ko‘ra, kecha tunda Toshkent—O‘sh xalqaro avtomagistralining 246-kilometrida poytaxt tomon harakatlanayotgan Mercedes Sprinter rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘lgan.
Aniqlanishicha, yong‘in dvigatel bo‘linmasidan yoqilg‘i oqishi oqibatida kelib chiqqan.
FVVning Qamchiq maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari zudlik bilan voqea joyiga etib kelgan. Yong‘inni bartaraf etishga bir nechta maxsus texnika birligi jalb qilingan.
Ma’lumot uchun, yong‘in 3 daqiqa ichida bartaraf etilgan. Avtomobil haydovchisi o‘z vaqtida mashinadan chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Yong‘indan tan jarohati olganlar yo‘qligi ma’lum qilingan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025