“Kapitalbank” birdaniga ikki turdagi Mastercard kartalarini muomalaga chiqardi
Biznes
−
29 Oktabr 2020
5852“Kapitalbank”da sanoqli daqiqalar ichida kamida 10 yevro depozitga ega bo‘lgan Mastercard kartalarini ochish mumkin.
ATB “Kapitalbank” ikki turdagi Mastercard Standard va Mastercard Gold xalqaro kontaksiz bank kartalarini muomalaga chiqardi. Kartalarni sanoqli daqiqalar ichida bankning istalgan bo‘linmasida, shu jumladan hududiy fililallarda olish mumkin.
Karta uch yil muddatga beriladi, muddatida tugaganda esa, mutlaqo bepul qayta chiqariladi. Mastercard Standard kartasini ochishdagi kamaymaydigan qoldiq atigi 10 yevroni, Mastercard Gold 20 yevroni tashkil etadi. Kartani yopganda qoldiq mijozga qulay tarzda qaytarib beriladi.
Yana bir qulaylik shundan iboratki, kartani olishda kartaning egasi o‘zining noyob pin-kodini o‘rnatishi va har qanday qulay paytda bank filiallarida milliy valyutada tezlik bilan to‘ldirishi mumkin.
Bundan tashqari ATB “Kapitalbank”ning kassalari va terminallari orqali kartadan naq pul olgani uchun komissiya undirilmaydi. Shuningdek, “Kapitalbank”da hisobga xizmat ko‘rsatish, 3D Sekure-ga ulanish va xizmatidan foydalanish hamda karta yo‘qolib qolganida uni tezlik bilan bandlash (blokirovkalash) uchun komissiya yo‘q.
Bankning ma’lumotlar markazi (Call-sentr) 24/7 rejimida (dam olish kunisiz, tunu kun) mijozga xizmat ko‘rsatishni kafolatlaydi.
Mastercard kartalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotni +99871 200 15 15 telefon raqami orqali olish mumkin.
“Kapitalbank” ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook: www.facebook.com/kapitalbank.uz
Instagram: @kapitalbank.uz
Telegram-kanal: t.me/kapital24
“Kapitalbank”ning yagona axborot xizmati: (+998 71) 200-15-15.
LiveBarchasi