Koronavirus yo‘q, ammo... Turkmaniston va Tojikistonga maxsus missiya boradi
Olam
−
24 aprel 2020
11152Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ekspertlari missiyasi keyingi haftada Tojikiston va Turkmanistonga boradi. Bu haqda “Kommersant’” xabar berdi.
Ma’lumki, koronavirus infeksiyasi Markaziy Osiyoning uch davlati – Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘izistonda rasman aniqlangan. Tojikiston va Turkmaniston rasmiylari esa ularda koronavirus yo‘qligini iddao qilyapti. Shu tariqa ular Jon Xopkins universiteti xaritasida atigi 11 davlat qatorida oq rangda belgilab qo‘yilgan. G‘arbda axborotlar yashirilayotgan bo‘lishi mumkinligi haqida ochiqcha aytilyapti. Rossiyada tojik va turkman rasmiylarining ma’lumotiga shubha bilan qarash bor, ammo hozircha bu rasman aytilayotgani yo‘q.
JSST Markaziy Osiyoda koronavirusga topshirilgan testlarning shubhali natijalarini qayta tekshirishda qiyinchiliklar borligini tan olgan holda ochiqcha tanqiddan tiyilishni afzal ko‘ryapti. Mutaxassislar missiyasi ikki davlatda tekshiruv o‘tkazib, uning natijalari bo‘yicha xulosalarini ma’lum qiladi.
Avvalroq, Turkmaniston TIV rahbari Rashid Meredov yana bir bor mamlakatda koronavirus infeksiyasi yo‘qligini aytib, agarda virus aniqlansa, ma’lumot ochiq aytilishini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi