O‘zbekiston va AQSH harbiylari inqirozga qarshi qo‘shma mashqlar o‘tkazdi
Jamiyat
−
04 mart 2020
7633Joriy yilning 24 fevraltdan 2 martga qadar Milliy gvardiya O‘zbekistonning boshqa xavfsizlik kuchlari hamkorligida AQSH Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi bilan xavfsizlik bo‘yicha hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va o‘zaro muvofiqlikni oshirish maqsadida inqirozga qarshi qo‘shma mashqlar o‘tkazdi. Bu haqda AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar bermoqda.
O‘zbek va amerikalik harbiy xizmatchilar dala-o‘quv poligonlari va O‘zbekiston hukumati ruxsat bergan boshqa ob’ektlarda “Yengilmas soqchi - 2020” nomli o‘quv mashqlarida ishtirok etdi. Ayrim amerikalik harbiylar Florida shtati Tampa shahridagi “MakDill” avibazasida masofadan turib ushbu mashg‘ulotlarda qatnashdi.
“O‘zbekiston bilan harbiy hamkorligimiz o‘zaro hurmat va mushtarak manfaatlarga asoslangandir. “Yengilmas soqchi” mashqlari kabi o‘quv dasturlari va qo‘shma javob mashqlari bizning O‘zbekiston bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorligimiz chuqur va kengligini ko‘rsatadi”, deydi elchi Daniel Rozenblyum.
“Yengilmas soqchi” harbiy mashqlari har ikki mamlakat xavfsizlik kuchlari uchun notanish muammolarga duch kelganda, tezkorlikni oshirish va harbiylarimiz o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga imkon berdi. “Yengilmas soqchi” kabi qo‘shma harbiy mashg‘ulot zarur bo‘lganda birgalikda harakat qilish uchun hamkor davlat harbiy xizmatchilarini tayyorlashda ajoyib usul hisoblanadi. Amerikalik harbiylar AQSH Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi mas’ul bo‘lgan hududlarda hamkor davlatlar bilan har yili 80 dan ortiq mashg‘ulotlarda ishtirok etadi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi