Ummonning yangi sultoni saylandi

Olam

image

Avvalroq, Ummon sultoni Qobus bin Said 79 yoshida vafot etgani haqida xabar bergan edik.

Qobus bin Saidning o‘z vorisi yo‘qligi sababli Ummon Madaniyat va milliy meros vaziri Haysam bin Toriq al-Said mamlakatning yangi rahbari bo‘ldi. U Ummon Kengashida qasamyod ham qildi. Bu haqda "Reuters" agentligi xabar tarqatdi. Ammo hozircha bu ma’lumot rasman tasdiqlanmadi.

Yaqin Sharqda eng uzoq davlat boshqargan Qobus bin Saidning vafot etgani bugun tongda ma’lum bo‘ldi. OAV ma’lumotiga ko‘ra, u saraton kasaliga chalingan bo‘lgan.

Qobus bin Said 50 davomida davlat boshqargan. U hokimiyatga davlat to‘ntarishi natijasida kelgan. Sulton hech qachon uylanmagan va farzandlari ham yo‘q. Shu sababdan yangi davlat rahbarini qirollik oilasi Kengashi sayladi. 

Sulton Ummonda qarorlar qabul qilishdagi birinchi odam hisoblanadi, shuningdek, bir vaqtning o‘zida Bosh vazir, Qurolli kuchlarning Oliy Bosh qo‘mondoni, Mudofaa vaziri, Moliya vaziri va Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaradi.


Maqola muallifi

Teglar

Ummon Qobus bin Said Haytam bin Toriq al-Said

Baholaganlar

229

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing