Trampning kallasini keltirganga 80 million dollar va’da qilindi

Olam

image

AQSH va Eron o‘rtasidagi vaziyat soat sayin keskin tus olib bormoqda. Eron Islom inqilobi posbonlari korpusining “Quds” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniyning yo‘q qilinishi butun dunyoni larzaga soldi. Ayni vaqtda mamlakatlar o‘rtasida o‘z-o‘zidan tarafkashlik tus olmoqda. 

Qarshilar esa bevosita AQSHni emas, balki Donald Trampni ayblamoqda. Eron davlat televideniyesiga intervyu bergan Eronning yuqori martabali mulozimlaridan biri AQSH Prezidenti Donald Trampni o‘ldirgan kishiga 80 million AQSH dollari pul va’da qildi. 

“Mirror” nashrining qayd etishicha, bugungi kunda Eronda 80 million aholi istiqomat qiladi. Kishi boshiga 1 AQSH dollaridan jamg‘arilganda, Trampning kallasi uchun va’da qilingan pulni yig‘ish mumkin. 

Eron parlamenti vakili Abulfazl Aboutorabining qayd etishicha, Eron Oq uyga hujum qilish rejasini tuzmoqda. “Biz Amerika siyosatining yuragiga hujum qilamiz. Ularga Amerika zaminada javob qaytaramiz”, deydi deputat. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 3 yanvarga o‘tar kechasi Bag‘dodda Eronning tashqi siyosatidagi muhim figura, Yaqin Sharqdagi shia guruhlarini yo‘llantirib, 20 yildan buyon Eron Islom inqilobi posbonlari korpusining maxsus bo‘linmasi “Quds”ni boshqargan general Qosim Sulaymoniy AQSH havo zarbasi oqibatida halok bo‘ldi. Eron kecha, 5 yanvar kuni Sulaymoniy bilan vidolashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Qosim Sulaymoniy

Baholaganlar

1898

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing