Zoir Mirzayevdan odamlar nimani talab qilyapti? (videointervyu)
Intervyu
−
16 dekabr 2019
13522Zoir Mirzayev. Bu nom o‘zbekistonliklar uchun yaxshi tanish. 2018 yilning 28 oktyabr kuni Bosh vazir o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan Mirzayev oradan ikki hafta o‘tar-o‘tmas Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumaniga hokim qilib yuborildi. Oradan bir yil o‘tib, Qashqadaryo viloyatiga hokim etib tayinlandi. Zoir Mirzayevning fikricha bugungi davr odamlarida talabchanlik ruhi ko‘tarilgan. Bu haqda u Oliy Majlis Senatining yigirma beshinchi yalpi majlisi vaqtida QALAMPIR.UZ kamerasi qarshisida gapirdi.Shuni qayd etib o‘tish kerakki, Mirzayev bo‘lib o‘tgan voqealardan keyin internet nashrlarga ilk bor intervyu beryapti.
“Boshqaruv tizimida ishlash yangilik emas, lekin Qashqadaryo viloyatida ishlash yangilik. Insonlarda talabchanlik ruhi ko‘tarilgan. Ilgari bunday holat bo‘lmagan. Xalqimizda ochiq, oshkora rahbarga masala qo‘yish bu kamdan-kam holatlarda bo‘lgan. Buni har kun, har qadamda uchratyapmiz. Istalgan qishloqqa borsangiz xalqning oldingizga qo‘yadigan savoli bor. Sababi yillar davomida to‘planib qolgan masalalar. Albatta, boshqa bir mahallada chiroyli bo‘layotgan ko‘chani ko‘rgan xalq o‘zining mahallasida ham kam bo‘lmagan darajadagi holatni ko‘rishni xohlaydi. Bu zamonning talabi”, deydi viloyat hokimi.
Shuningdek, Zoir Mirzayev Qashqadaryo viloyati hokimi sifatida o‘z taaassurotlarini o‘rtoqlashdi.
“Taassurot shundayki, xalqning murojaati rahbarni qaysi yo‘nalishda ishlashini o‘zi belgilab beryapti. Xalqning murojaatini eshitgan odam o‘z yo‘nalishini topib oladi”.
Eslatib o‘tamiz, Zoir Mirzayev joriy yilning 26 oktyabrida Qashqadaryo viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. U bugungacha qator davlat tashkilotlarida rahbarlik lavozimida faoliyat olib borgan.
LiveBarchasi