IIV bayonot berdi. O‘zbek-turk ishchilari janjaliga sabab ayollarga zo‘ravonlikmi?

Jamiyat

image
O‘zbek-turk quruvchilari janjali: Turkiya rasmiy idoralari sukut saqlamoqda north_east

O‘zbek-turk quruvchilari janjali: Turkiya rasmiy idoralari sukut saqlamoqda

Avvalroq, joriy yilning 6 noyabr kuni Samarqand shahar, Qora-suv massivi, Obod Maskan mahallasi hududida qurilayotgan ko‘p qavatli uylar ishchilari o‘rtasida janjal kelib chiqqani, ommaviy mushtlashuv ishtirokchilari Turkiya va O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgani haqida xabar bergan edik. 

Ichki ishlar vazirligi ushbu janjalning asl sabablarini ochiqladi.

IIVdan ma’lum qilishlaricha, 2019 yilning 6 noyabr kuni Samarqand shahar, Qora suv massivi, Obod Maskan mahallasi hududida “Agromir Bilding” MCHJ tomonidan qurilayotgan ko‘p qavvatli uylarning qurilish maydonida qurilish-montaj ishlarini olib borayotgan, Turkiya davlati fuqarolari bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘rtasidagi kelishmovchilik oqibatida, o‘zaro tan jarohatlari yetkazilgan.

Surishtiruv jarayonida, mazkur janjal 1996 yilda tug‘ilgan Payariq tumani “Toxirshayx” mahallasida yashovchi, yakka tartibda mavsumiy mehnat bilan shug‘ullanuvchi o‘zbek fuqarosi S.P. “Agromir Bilding” MCHJ tomonidan yollangan quruvchi-montajchi bir nechta turk fuqarolari bilan olovda isinish bahonasidan kelib chiqqanligi, shundan so‘ng u avjiga chiqib, yuzaga kelgan janjalga qurilishga yollangan boshqa O‘zbekiston fuqarolari aralashib bir birlariga tan jarohatlari yetkazilganligi aniqlangan.

IIV mazkur holatning barcha tafsilotlari aniqlanib, tergov yakuniga ko‘ra to‘liq axborot berilishiga qadar,  ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilaridan video tasvirlarga nomaqbul izohlar berishlaridan o‘zlarini tiyishlarini so‘ragan edi.

Afsuski ayrim ijtimoiy tarmoqlarda, bo‘lib o‘tgan voqeani bo‘rttirib ko‘rsatish, O‘zbekiston fuqarolarini millatchilikda ayblash hamda o‘zbek-turk munosabatlariga sovuqchilik tushirish maqsadida, bo‘lib o‘tgan hodisaga go‘yoki “Turk ishchilari oshxonada ishlaydigan mahalliy aëlni zo‘rlaganligi oqibatida” yoki “Janjal mahalliy ishchilarning o‘zlari va turklarga ayni ish uchun berilaëtgan oyligidagi katta farqidan kelib chiqqan” degan vajlarni keltirish holatlari kuzatilgan. 

Voqeadan bexabar ayrim fuqarolar ushbu vajlarga berilib, salbiy izohlarninn tarqalishiga sababchi bo‘lmoqda.

Qayd etilishicha, Samarqanddagi qurilish ishlariga 1.800 dan ziyod O‘zbekiston Respublikasi hamda 200 dan ortiq Turkiya davlati fuqarolari jalb etilgan.

Ushbu holat natijasida Turkiya davlati fuqarolaridan to‘rt nafari va mahalliy fuqarolardan bir nafari yengil tan jarohati olgan.
Surishtiruv jarayonida shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Turkiya fukarolaridan 4 nafari jabrlanuvchi, 11 nafari janjalda ishtirok etgan faol guvoh tariqasida ushbu jinoyat ishiga jalb etilgan.

Shuningdek, 7 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining jabrlanganligi, jinoyat ishidagi ishtirokchilik va ayblilik darajasiga tergov harakatlari davomida to‘liq aniqlik kiritiladi.


Maqola muallifi

Teglar

IIV

Baholaganlar

433

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing