O‘zbek-turk quruvchilari janjali: Turkiya rasmiy idoralari sukut saqlamoqda

Jamiyat

image

 Avvalroq, Samarqand viloyatida o‘zbekistonlik va turkiyalik quruvchilar o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik. 

QALAMPIR.UZ manbasining xabar berishicha, mushtlashuvda jarohatlangan turk fuqarolaridan biri Samarqanddagi shifoxonaga joylashtirilgan. 

Shuningdek, ushbu janjalda qatnashgan 4 nafar turk fuqarolari zudlik bilan Turkiyaga jo‘natib yuborilgan haqida ma’lumotlar mavjud. Biroq, bu xabarni hozircha rasmiy idoralar tasdiqlaganicha yo‘q. 

QALAMPIR.UZ Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi Matbuot masalalari bo‘yicha maslahatchisi Dovud Gazi Benli bilan bog‘landi. Rasmiy bo‘lib o‘tgan voqealar xususida OAVda e’lon qilingani qadar xabardorligini aytarkan, Turkiyaning Toshkentdagi Bosh konsulligi bilan bog‘lanish imkoni bo‘lmayotgani, konsul Samarqandga borib, vaziyatni o‘rganganini qo‘shimcha qiladi. 

Kechaning o‘zida bo‘lib o‘tgan voqea yuzasidan Samarqand viloyati prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi rasmiy bayonot bilan chiqdi. Biroq, shu vaqtga qadar na Turkiyadagi va na Turkiyaning O‘zbekistondagi idoralari voqealar bo‘yicha bayonot bergani yo‘q. 

Samarqand shahar “Qora suv” massivi “Obod Maskan” mahallasi hududida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning qurilish maydonida qurilish-montaj ishlarini olib borayotgan Turkiya davlati va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qurilish maydoni hovlisida o‘zaro kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida urishib janjallashishgan.

Oqibatda 3 nafar Turkiya va 1 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tan jarohatlari olishgan.

Qurilishlar mamlakatda taniqli tadbirkor Shavkat Jalolovga tegishli bo‘lgani aytilmoqda.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, ayni vaqtda O‘zbekistonda barpo etilayotgan ko‘plab yangi uylar, xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida turkiyalik quruvchilar ishlamoqda. "Tashkent city" va "Olmazor city" shular jumlasidandir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

207

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing