Chistyakov Toshkentda Nurmuhamedov bilan bo‘ladigan jangni bekor qildi

Sport

image

MMA jangchilari Nikita Chistyakov va Umar Nurmuhamedov jangi o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Chistyakovning menejeri ma’lum qilishicha, sportchining sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammo yuzaga kelgan.

“Nikita Chistyakov Umar Nurmuhamedov bilan sog‘lig‘idagi muammolar tufayli jang o‘tkaza olmaydi. Nikita Tailandda mashg‘ulot o‘tkazgan boshqa sportchilar kabi konyunktivit epidemiyasidan aziyat chekmoqda”, dedi Chistyakovning menejeri.

Ma’lumot uchun, Nikita Chistyakov va Umar Nurmuhamedov jangi 23 noyabr kuni Toshkentdagi “Humo Arena” muz saroyida o‘tkazilishi kerak edi.

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

MMA Umar Nurmuhamedov Nikita Chistyakov

Baholaganlar

133

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing