Samarqandda yetim bola kaltaklandi (Video)

Jamiyat 7813

O‘zbekistonda farzand tarbiyasi ham xavfli tus olmoqda. 

Kecha, 30 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi Hazora mahallasida yetim bola tahqirlanib, do‘pposlangani tasvirgan video ijtimoiy tarmoqlarda yashin tezligida tarqaldi.  

Mazkur video tarqalganidan so‘ng Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv ishlari olib borildi.

Samarqand viloyat IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, holat yuzasidan olib borilgan dastlabki tergov oldi tekshiruv davomida Samarqand shahar Ziyokorlar ko‘chasida yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro U.H. onasini nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilib, gaplariga quloq solmasdan, alkogol va tamaki mahsulotlarini istemol qilishga ruju qo‘ygan. Shu sababli U.H.ning onasi qarindoshi 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro I.H.ga o‘g‘lini tarbiyalash va to‘g‘ri yo‘lga solib qo‘yishni so‘ragan.

Aniqlanishicha, mazkur video 2019 yilning avgust oyi o‘rtalarida olingan bo‘lib, I.H. qarindoshi U.H.ni Spitamenshox ko‘chasida joylashgan temirchilik ustaxonasiga olib borib, u yerda ukasi 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro I.I. bilan birgalikda turli jismlar ya’ni, velosiped g‘ildiragining charmi va arqon bilan urib do‘pposlagan.

I.I. o‘zi bilan birgalikda ustaxonada ishlovchi 2004 yilda tug‘ilgan S.B.ga ushbu holatni videotasvirga olishini aytgan.

Mazkur videoni 2019 yilning oktyabr oyida 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro F.K. videotasvirdagi qonunbuzarlarga nisbatan chora ko‘rilishi uchun Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida tarqatib yuborgan.

Xo‘sh, sizningcha, bu holatda kim jabrdiyda? Ota-onalar o‘z farzandini to‘g‘ri yo‘lga solish, tarbiya berish uchun nima qilishlari kerak? O‘zbek jamiyatidagi eti sizniki, suyagi bizniki degan naql zamon zayli bilan eskirdimi? 

Qalampir.uz Tahririyati
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 136
Reyting: 3
t
×